bechora sovuqda yuribdiku! Akam qo'limdagi sumkamni oldi, oyim meni yetaklab, ichkariga olib kirdi. Ichkarida dasturxonlar tuzab o'tirishgan ekan. Ular bilan gaplashib, vaqt ham tezda o'tib ketgandi. Turli xil ovqatlar bilan qorinni to'ydirdim. Soat ham 7dan o'tgandi, ancha qorong'u tushib qolgandi. -Endi, charchagansan, bolam, xonanga kirib damingni olaqol. Men ularning gapiga kirib, xonamga kirdim. Kiyimlarimni alishtirib, joyimga yotgandim hamki, telefonimga sms keldi. "Yetib oldingizmi?" Tezda javob yoza boshladim. "Ha, rahmat" "Nima qilyapsiz?" "Xonamda yoootibman, seni o'ylaaab. O'zingchi?" "Eski xonamdaman, ya'ni sizni xonangizda. Krovatda yoootibman sizni o'ylaaab ;-) :-D Krovatdan ham sizni hidingiz kelyapti, hidlaaab yotibman" "Mazzaku a?" "Ha, charchagandirsiz a? Yaxshi dam oling" "Ho'p, sen ham yaxshi dam ol" Smslarni tugatib, endi uxlayman deb tursam, xonamga akam kirib qoldi. -Xonangni issiqligi yaxshimi? -Ha. Akamni qo'lidagi chelakka va uni ichidagi o'tinlarga ko'zim tushdi. -Gaz yo'qmi? -Qachon bo'lgan bu gaz, yotaver, buguncha o'zim qarayman. Men indamay qaytib joyimga yotdim. Akam pechkaga o'tin solib,qaytib chiqib ketdi. Men esa uyquga ketdim. . .* *