" Shogird ustozidan so`rabdi:
— Ustoz men bir qizni sevaman. U qiz meni sevadimi-yo`qmi, buni bilmayman, - debdi.
Ustoz javob beribdi:
— Sen unga bir latifa ayt! Kulsa, u seni sevadi. Kulmasa sevmaydi, - debdi.
Qizga latifani aytib bersa, kulmabdi. Lekin yig`lab yuboribdi...
" Bir qiz dugonasiga debdi:
— Kelishgan, badavlat va ahmoq yigitga turmushga chiqishingni xudodan so`rayman.
— Nega ahmoq?
— Senga uylanadigan yigit ahmoq bo`ladi-da!
" Vrach - kasal bo`lsangiz xursand bo`ladi.
Milisiya - jinoyatchi bo`lsangiz,
Mashinangiz buzilsa, usta quvonadi.
Faqatgina o`g`ri sizga hamisha mo`may daromad va xotirjam uxlashingizni tilaydi.
" Bitta fil velosiped haydab ketayotsa, yo`ldan chumoli chiqib:
— Menam haydab ko`ray, -desa, fil:
— Yo`q, o`zi balonlari bo`shab qolgan, - degan ekan.
" Yo`l patrul xizmati mashinasi restoran yonida navbatchilik qilmoqda. Restorandan uchta kishi mast holatda chiqib kelib, har biri o`zlarini mashinasi o`tirishadi. Bir payt qarasa, orasida bitta mast erkak umuman oyoqda tura olmaydigan ahvolda rulga o`tirib, haydab ketibdi.
DAN xodimi o`sha mashina orqasidan quvlab ketadi. quot;Darhol avtomobilni to`xtatingquot;, deb to`xtib qarasa, mashinadan umuman ichmagan, hushyor holatda haydovchi tushib kelibdi. Buni ko`rgan inspektor hayron bo`lib:
— Axir qanaqasiga? Siz g`irt mast edingiz-ku?! - desa, haydovchi kulib:
— Bugun GAIni chalg`itish navbati menga kelgandi-da, - dermish.
" — Odnoklassnikiga kirib, o`zimga yangi sahifa ochdim. Chiroyli bir qizni rasmini joylashtirdim.
Erim bilan tanishib oldim. U mehmonxonada, men esa oshxonada o`tirib, odnoklassnikida gaplashyapmiz.
Erim meni uchrashuvga taklif qilyapti. O`zim mehmonxonaga chiqsammikin yoki uni oshxonaga chaqirsammikin...?
" — Yaxshi qiz, meni qaerga sudrab ketyapsiz?
— Nikoh o`qitishga!
— Lekin hali yaxshiroq tanishmadik-ku...?
— Nikoh o`qitib olaylik. Onam shunaqa deb tayinlagandilar!
" Institut va universitetlarda kontrakt asosida o`qiydigan, lekin darslarga qatnashmaydigan talabalarda ajoyib imkoniyat bor.
Ular bir necha million so`mga to`rt yil ichida savodsizlikni sotib olishlari mumkin. Kamlik qilsa, yana ikki yil bor...!
" Rus, yapon va o`zbek ayollari suhbatlashib qolishibdi.
Rus:
— Men to`ydan keyin erimga uy ishlarini qilmasligimni aytdim. U ko`chaga chiqib ketdi, kechgacha uni ko`rmadim. Kechqurun uyimizga bir xizmatkor olib keldi.
Yapon:
— Men esa to`ydan keyin umuman uy yumushlarini bajarmasligimni aytsam, erimni bir hafta ko`rmadim. Bir haftadan keyin u robot olib keldi. Hozir hamma ishlarni robot qiladi.
O`zbek:
— Men ham to`ydan keyin erimga uy ishlarini qila olmasligimni aytgandim, erimni uch-to`rt kun umuman ko`ra olmadim. Keyin sekin-sekin bir ko`zim ochildi. Keyin ikkinchi ko`zimni ko`kargani ketib, unisi-yam ko`ra boshladi.
" Kechasi uyga kirib kelgan er nimadan janjal chiqarishni bilmasdan, xotiniga:
— Chiroqni yoq! Endi o`chir, yoq, o`chir, ...- deyaveribdi.
Birozdan keyin xotinini bir urib:
— Kechasi xushtoringga signal beryapsanmi? - dermish.