Og'zimni ochgancha goh oyimga, goh Gozalga tikilaman. Qanaqasiga, ular Go'zalni nazarda tutganmidi, shuncha tashvishlarim bekormidi, ota-onam men bilanxazillashganmidi. Bu sovollardan gangib qoldim. Vaziyatni tushunganimda ularning bu xazillaridan xam jaxlim chiqar, xam kulgim kelardi. Dadam buni nishonlaymiz deb menga shampan vinosi quyib berdi va Go'zalga xam biz bilan o'tirishini aytdi. Go'zalning yuzida hamon ajablanish aks etardi. Ammo mendan bu yerda nima qilib o'tirganimni so'rashga jur'at qilolmasdi. Xullas yangi yil oashomi mening taqdirim hal qilindi, men bundan shod edim. Soat 00.00 da yangi yilga bong urganda xamma shod xolda qadahlarni ko'tarib bir-birimizni yangi yil bilan qutladik. Shundan so'ng ota-onam turib mehmonxonaga televizor ko'rgani chiqibketishdi, Go'zal esa dasturxonni yig'ishtira boshladi. Men unga tikilgancha joyimdan qimirlamasdim. Go'zal oshxonaga kirib ketganda unung ortidan bordim va: - Go'zal, men sizga bir gap aytmoqchiman, sizni ko'rgan kunimdan buyon xayolimdasiz, siz xaqingizda ota-onamga xam aytdim, ular rozi, gap faqat sizda, men sizdan menga turmushga chiqishingizni so'rayman. Javob berishda shoshilmang.- dedim. Go'zal menga g'azab b