behayo kliplar ko'rib, internetda behayo saytlarga kirib o'tkazdi. Darslar tugab, uyga qaytganida uy qulf edi. Zuxra o'z kaliti bilan eshikni ochib, uyga kirdi. Aftidan, Nargiza va Omadbek maktabga ketib bo'lgan. U uyda hech kim yo'q ekan deb o'ylay boshlaganida Fotimaning xonasidan yig'i tovushlari eshitilayotganini sezdi. U ovoz chiqarmay opasining xonasiga yaqinlashdi va ichkaridagi yig'iga quloq tutdi. Opasining ovozini eshitib, Zuxra xona eshini ochdi. Ichkarida Fotima krovati ustida tizzalarini quchib,yig'lab o'tirardi. Fotima singlisi xonaga kirganini sezmadi ham. -Fotima? Nima bo'ldi? -dedi Zuxra havotirli ohangda. -Iye, Zuxra, qachon kelding? -Fotima shunday deb ko'zyoshlarini artarkan, o'rnidan turdi. -O'tiraver, -dedi Zuxra, opasini yelkasidan ushlab, krovatga o'tkizarkan. -Nima bo'ldi? Nega yig'layapsan? -deb so'radi Zuxra, opasining yonidan joy olgach. -Hech nima, men shunchaki. . . -Shunchaki yig'lab o'tirganingga meni ishontirmoqchimisan? Foti, men seni eng yaqin dugonang, ham egizak singlingman, mendan sir yashirasanmi? Qani ayt, kim seni hafa qildi? -Men. . . -Yigiting bilan biror gap bo'ldimi? -U meni tashlab ketdi, -deya xo'ngrab yig'lab yubordi