" Shogird ustozidan so`rabdi: — Ustoz men bir qizni sevaman. U qiz meni sevadimi-yo`qmi, buni bilmayman, - debdi. Ustoz javob beribdi: — Sen unga bir latifa ayt! Kulsa, u seni sevadi. Kulmasa sevmaydi, - debdi. Qizga latifani aytib bersa, kulmabdi. Lekin yig`lab yuboribdi... " Bir qiz dugonasiga debdi: — Kelishgan, badavlat va ahmoq yigitga turmushga chiqishingni xudodan so`rayman. — Nega ahmoq? — Senga uylanadigan yigit ahmoq bo`ladi-da! " Vrach - kasal bo`lsangiz xursand bo`ladi. Milisiya - jinoyatchi bo`lsangiz, Mashinangiz buzilsa, usta quvonadi. Faqatgina o`g`ri sizga hamisha mo`may daromad va xotirjam uxlashingizni tilaydi. " Bitta fil velosiped haydab ketayotsa, yo`ldan chumoli chiqib: — Menam haydab ko`ray, -desa, fil: — Yo`q, o`zi balonlari bo`shab qolgan, - degan ekan. " Yo`l patrul xizmati mashinasi restoran yonida navbatchilik qilmoqda. Restorandan uchta kishi mast holatda chiqib kelib, har biri o`zlarini mashinasi o`tirishadi. Bir payt qarasa, orasida bitta mast erkak umuman oyoqda tura olmaydigan ahvolda rulga o`tirib, haydab ketibdi. DAN xodimi o`sha mashina orqasidan quvlab ketadi. quot;Darhol avtomobilni to`xtatingquot;, deb to`xtib qarasa, mashinadan umuman ichmagan, hushyor holatda haydovchi tushib kelibdi. Buni ko`rgan inspektor hayron bo`lib: — Axir qanaqasiga? Siz g`irt mast edingiz-ku?! - desa, haydovchi kulib: — Bugun GAIni chalg`itish navbati menga kelgandi-da, - dermish. " — Odnoklassnikiga kirib, o`zimga yangi sahifa ochdim. Chiroyli bir qizni rasmini joylashtirdim. Erim bilan tanishib oldim. U mehmonxonada, men esa oshxonada o`tirib, odnoklassnikida gaplashyapmiz. Erim meni uchrashuvga taklif qilyapti. O`zim mehmonxonaga chiqsammikin yoki uni oshxonaga chaqirsammikin...? " — Yaxshi qiz, meni qaerga sudrab ketyapsiz? — Nikoh o`qitishga! — Lekin hali yaxshiroq tanishmadik-ku...? — Nikoh o`qitib olaylik. Onam shunaqa deb tayinlagandilar! " Institut va universitetlarda kontrakt asosida o`qiydigan, lekin darslarga qatnashmaydigan talabalarda ajoyib imkoniyat bor. Ular bir necha million so`mga to`rt yil ichida savodsizlikni sotib olishlari mumkin. Kamlik qilsa, yana ikki yil bor...! " Rus, yapon va o`zbek ayollari suhbatlashib qolishibdi. Rus: — Men to`ydan keyin erimga uy ishlarini qi