.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif; } .p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify; } sf_history Имя автора Фамилия автора Имя книги Дата ru Lib converter jcms http://johncms.com 1.0

book

<p>taqdirmi yoki tasodif</p>

Yana hikoya yozishga qaror qildim.To'qima va hayolot mahsuli bu hikoya agar hayotda uchrasa tasodif.Bu voqea ancha oldin boshlangan Odil va Nafisa bitta maktabda, bitta sinfda, bitta partada o'tirishdi. 8 sinfda, 8 martda bayramga Nafisaga Odil katta guldasta bilan tabrikladi. O'shandan keyin Nafisa, Odilni pinhona sevib qolgandi. Odil ham yaxshi ko'rardiyu, lekin aytolmasdi yuragi dov bermasdi. Ancha vaqt qulay fursat kutdi, bu fursat ikki yil o'tib yani 10 sinfda, yangi yil bayramiga to'g'ri keldi. Darsdan keyin bayramga tayyorgarlik ko'rishardi.Bir kun sinfga Odil qaytib kirgandi, Nafisa bir o'zi o'tirardi, yoniga o'tirdi.- Senda gapim bor Nafisa! Ancha vaqt kalovlanib turdi.- Qanaqa gap? Gapirsangchi Odil?- Nafisa men seni yaxshi ko'raman.- Nima deding?! Qizarib ketdi Nafisa.Ancha dadillashib olgan Odil yana bir bor.- Men seni sevaman!!!- ...- Nafisa?- Men ham... Bu gapidan uyalib ketdi Nafisa- Men seni 8 sinfdayoq sevib qolgandim Nafisa!- Men ham... Nega shu paytgacha aytmading Odil?- Aytishga qo'rqqandim, men bilan gaplashmay qo'yasan deb, keyin yuragim dov bermadiaytishga.- Hech qisi yo'q! Mana aytdingku! Kechdan kech deganlaridek! O'zi gapirgan gapidan battar uyalib ketdi. Ular shundan keyin yana ham inoqlashib ketdi. Endi Nafisa, Odilni sizlab aka deya boshladi. Ular birga maktabga borishar, qaytishda yana birga qaytishardi Oradan oylar o'tdi, butun sinf ularning oshiq-mashuqligidan xabar topishdi va ularni Tohir va Zuhro deb atay boshlashdi.Ikkovi haqida qisqacha ma'lumot berib ketsam...Odil mehnatda eti qotgan bola edi, oilada to'rtta o'g'ilning uchinchisi bo'lib, bitta singlisibor edi kenjatoy.Dadasi maktabda o'qituvchi, onasi esa bog'chada farrosh bo'lib ishlardi. O'rtahol oila edi.Nafisa oilada to'rt qiz bo'lib ularning ikkinchisi edi, yoshligidan onasidan chevarchilikni o'rgangan edi. Ja unchalik chiroyli bo'lsamasa ham, odobli qiz edi. Dadasi kolxozda ishchi, onasi uyda chevarchilik qilardi.Yana bir yil oqar suvday o'tdi misoli, maktabni bitirish arafasida, bitiruv imtihonlari yaqinlashgandi, ikkovi ham maktabni a'lo baholarga bitirdi. Odil moliya institutiga, Nafisa esa ped institutga hujjat topshirishdi, bu orada sinfdoshlar bitiruv oqshomini qilamiz deb